Buxgalteriya xizmatlari
Hisobni tiklash
Buzilgan, noto'g'ri yoki umuman yuritilmagan hisobni tiklash.
Hisob yillar davomida yuritilmagan, oldingi buxgalter ishni chala qoldirgan yoki soliq tekshiruvi oldidan hujjatlar tartibsiz bo‘lsa — hisobni boshidan tiklaymiz. Birlamchi hujjatlarni yig‘amiz, qoldiqlarni solishtiramiz va hisobotlarni to‘g‘rilab, soliq organiga qayta topshiramiz.
Xizmatga nimalar kiradi
- Hujjatlar va bank ko‘chirmalarini yig‘ish va tekshirish
- Kontragentlar bilan qoldiqlarni solishtirish
- 1C bazasini tiklash yoki qayta yuritish
- Tuzatilgan moliyaviy va soliq hisobotlarini topshirish
- Jarima va soliq xavflarini baholash
Buxgalteriya xizmatlari
Biznesingiz uchun narxni bilib oling
Ariza qoldiring — hisobingizni muhokama qilamiz, narxni hisoblaymiz va hujjatlar hajmingizga mos yechim taklif qilamiz.




